Dunyoning 30ga yaqin davlatidan mahoratli yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sport sharafini Ravshan Roʻziqulov murabbiyligidagi polvonlarimiz himoya qilishyapti. Hozirgacha bir nechta vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻlib ulgurdi.
Quvonarlisi, -55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasurbek Ortiqboyev barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor boʻldi. U finalda germaniyalik Fabian Shmittdan 9:0 hisobida ustun keldi. Shu vazn toifasidagi yana bir kurashchimiz Ilhom Bahromov esa italiyalik Jovanni Frenini yengib, kumush medalga ega chiqdi. Gap shundaki, ushbu vaznda ishtirokchilar soni kam boʻlgani bois, bellashuvlar aylana tizimda oʻtkazildi.
-60 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz aʼzosi, Osiyo chempioni Islomjon Bahromov ham musobaqa gʻolibiga aylandi. U turkiyalik Axmet Uyarga qarshi kechgan final bahsida raqibini ayab oʻtirmadi – 9:0 va terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medal qoʻshib qoʻyildi. Xuddi shu vazn toifasidagi polvonimiz Feruz Toʻxtayev bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Micha Trashni magʻlub etdi.
Oʻtish bellashuvida italiyalik Franchesko Bellinodan 8:0 hisobida ustun kelgan Mirzobek Rahmatov (-67 kg) bronza medali uchun kechgan uchrashuvda moldovalik Daniyar Islamovga yutqazib qoʻydi. Aram Vardanyan (-72 kg) esa bronza medali uchun boʻlib oʻtgan bahsda bir ochko (8-9) farqi bilan finlyandiyalik Mikko Peltokangasdan yengildi.
Shu tariqa, terma jamoamiz Gran Prix Zagreb Open turnirida 2ta oltin, bittadan kumush va bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Ravshan Roʻziqulov murabbiyligidagi yunon-rum kurashi boʻyicha terma jamoamiz 19-29-yanvar kunlari Xorvatiyaning Porech shahrida tashkil etiladigan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishadi.
Gran Prix Zagreb Open: hamyurtlarimiz hisobida ikkita oltin va bittadan kumush va bronza
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi boʻyicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi – Gran Prix Zagreb Open 2021 turniri yakunlandi.
Shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi
- "Olimning nurli yo‘li" – Nurboy Jabborov zamondoshlari zikrida
- Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya Moskvada ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
- Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi
- Samarqand viloyati tumanlarini istisoslashuv asosida rivojlantirish choralari koʻrib chiqildi
- BMT: so‘nggi 10 yil ichida dunyo okeanlari sathining ko‘tarilish tezligi ikki baravarga oshdi
Sun’iy intellekt nima uchun hech qachon inson o‘rnini bosa olmasligi ma’lum bo‘ldi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi