Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo'l shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. fuqaro A.Ya.ga o'zini go'yoki Olmaliq shahar YHXB xodimi sifatida tanishtirib, unga o'quv mashg'ulotlariga qatnashmasdan tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Zarafshon shahar bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X. fuqaro D.Sh.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. fuqaro S.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 550 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yishini aytib, 500 AQSH dollari va 600 000 so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi shahar bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro T.A. fuqaro Sh.U.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi
Fuqaro 550 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yishini aytib, 500 AQSH dollari va 600 000 so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi Hadson instituti prezidenti bilan uçraşdi
- Energetika vazirligi gaz taʼminotidagi uzilişlar uçun aholidan uzr söradi
- Şavkat Mirziyoyev The muslim 500 reytingida dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni qatoridan joy oldi
- Toşkentda xalqaro kiberjinoiy guruhlar foş etildi: 72 nafar şaxs uşlandi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Toşkentda beşta kanal böyi sayilgohlarga aylantirilmoqda
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi