Bu haqda shtatning favqulodda vaziyatlarni boshqarish departamenti hind ommaviy axborot vositalariga ma’lum qildi.
Tabiiy ofat yuz bergan hududida 300 mingdan ortiq aholi qolmoqda. 551 ta qishloq suv ostida qoldi. 137 mingdan ortiq odam jabrlangan Charaydeo okrugida eng yomon vaziyat saqlanib qolmoqda.
Suv toshqinlari yo‘llar, uylar, maktablar va boshqa infratuzilmaga zarar yetkazdi. Rasmiylarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 11 mingdan ortiq hayvon nobud bo‘lgan.
Hindiston meteorologiya departamenti (IMD) keyingi ikki kun ichida Assamda yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi report.az.