Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.K. “Yaltirabod” MFY hududidagi yer maydonida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 255,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning G‘ozg‘on shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.M. “Yaltirabod” MFY hududidagi yer maydonida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 224,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.A.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Qorasuv-2” mavzesidagi savdo do‘konida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 168,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Sariosiyo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Yu.D.” fermer xo‘jaligi rahbari Yu.X. “Sebzor” MFY hududidagi binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 151,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “X.N.” va boshqalar “Mahtumquli” ko‘chasidagi savdo do‘konida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 126,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I.ning (muqaddam sudlangan) “Go‘shsoy” MFY hududidagi savdo do‘konida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 109,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.