13 banddan iborat qarorga ko'ra, Isroil 60 kun ichida qo'shni mamlakat janubidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketadi, “Hizbulloh” kuchlari Litani daryosidan shimolga chekinishi kerak, janubiy chegara hududida esa Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya joylashib oladi. Mamlakat janubida yashovchi livanliklar, sulh e'lon qilinganidan so'ng, ko'pchiligi xarobaga aylangan uylariga qaytishni boshladi. The New York Times gazetasining Planet Labs tomonidan sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlar tahliliga asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra, noyabr oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari Livanda, asosan, mamlakat janubida va Bayrut atrofida mingdan ortiq binolarni vayron qilgan. Mays al-Jabal va Mhabib kabi ba'zi qishloqlar deyarli vayron qilingan. Isroil rasmiylari ularning maqsadi “Hizbulloh”ning bu qishloqlarda joylashtirilgan qurol-yarog' omborlari, platsdarm va tunnellarini o'z ichiga olgan harbiy infratuzilma ekanini aytdi. Shuningdek, “Hizbulloh”ning Isroilni o'qqa tutishi oqibatida ham katta vayronagarchiliklar kuzatilmoqda, biroq hozircha mahalliy aholining aksariyati sulh buzilishi va jangovar harakatlarning qayta boshlanishidan qo'rqib qaytishni istamayapti, deb xabar beradi meduza.io.
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda
26-noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o'rtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuv tuzilgandi.
10 kilogramm kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
- Suriyadagi jangarilarni moliyalashtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi
- A-373 avtomagistralining Ohangaron hududida tezlik cheklovi pasaytiriladi
- 10-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi
- Afgʻoniston: stereotiplar ortidagi haqiqat
Sun’iy intellekt nima uchun hech qachon inson o‘rnini bosa olmasligi ma’lum bo‘ldi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi