Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Sibir filialining Quyosh-Yer fizikasi instituti mutaxassislari xabar berishdi.

— Yerda so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni sodir bo‘lmoqda. Bunday kuchli magnit bo‘roni oxirgi marta 2026-yil 4-iyulda kuzatilgan edi, — deyiladi xabarda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, geomagnit tebranishlar hafta boshida quyosh faolligining keskin oshishi tufayli kosmosga tarqalgan plazma bulutlarining kelishi bilan bog‘liq.

Ayni paytda magnit bo‘ronining intensivligi 5 balli shkala bo‘yicha G3 darajasiga yetdi. Bu kuchli magnit bo‘ronlar toifasiga kiradi, deb xabar berdi Kazinform.