Namangan viloyati CHortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Hamzaeva nomidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi "Halol rizq quyonchilik fermasi" fermer xo'jaligi bilan 2020 yil 20 avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini ololmay kelayotganini qayd etgan. Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan o'rganilib, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste'molchi foydasiga undirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillaboevaga tegishli. Unda yozilishicha, iste'molchi issiqxona bilan shug'ullanish maqsadida Xalq bankining Uychi tumani filialidan kredit olgan. Ta'minotchi uyiga kelib 5 million 800 ming so'mlik issiqxona qurib bergan, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgan. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha murojaat qilgan. Ammo u turli vajlar bilan issiqxonani ta'mirlashni ortga surgan. Mazkur murojaat o'rganilib, ta'minotchining iste'molchiga tegishli issiqxonani bepul ta'mirlab berishiga erishildi.
Iste'molchi doim haq
Iste'molchilar haq-huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq hodisalar yangilik emas. Zotan hech kim bunday noxush holatdan kafolatlanmagan. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar iste'molchilar huquqlarini ta'minlab, haqini undirib bermoqda.
Dunyo bozorida kömir narxi bir tonna uçun 145 dollargaça kötarildi
- Samarqand tumanida “JETOUR X70” avtomobilida yonğin sodir böldi
- Muallifda gap köp
- Özbekiston Sarmişsoy petrogliflarini YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun nominatsiya tayyorlamoqda
- Avtomobil dvigateli porşeni içiga yaşirilgan narkotiklar foş etildi
- 2083-yilga borib odamsimon robotlar odamlar sonidan oşişi mumkin
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi