Namangan viloyati CHortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Hamzaeva nomidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi "Halol rizq quyonchilik fermasi" fermer xo'jaligi bilan 2020 yil 20 avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini ololmay kelayotganini qayd etgan. Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan o'rganilib, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste'molchi foydasiga undirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillaboevaga tegishli. Unda yozilishicha, iste'molchi issiqxona bilan shug'ullanish maqsadida Xalq bankining Uychi tumani filialidan kredit olgan. Ta'minotchi uyiga kelib 5 million 800 ming so'mlik issiqxona qurib bergan, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgan. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha murojaat qilgan. Ammo u turli vajlar bilan issiqxonani ta'mirlashni ortga surgan. Mazkur murojaat o'rganilib, ta'minotchining iste'molchiga tegishli issiqxonani bepul ta'mirlab berishiga erishildi.
Iste'molchi doim haq
Iste'molchilar haq-huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq hodisalar yangilik emas. Zotan hech kim bunday noxush holatdan kafolatlanmagan. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar iste'molchilar huquqlarini ta'minlab, haqini undirib bermoqda.
«Ekofaol fuqaro» maqomini berish tartibi belgilandi
- Ostonaga amaliy tashrif yakunlandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
- Qoʻshni davlatdan olib kelingan 24 kg.dan ortiq narkotik modda toʻxtatildi
- Bugundan bank ilovasiga kirish, onlayn kredit olish va firibgarlik holatlari bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi