Italiya bilan hamkorlikda amaliy natijalar bor: o‘tgan yili 10 nafar tibbiyot mutaxassisi Italiyada malaka oshirib qaytdi, yaqinda esa Namangan viloyatidan 38 nafar hamyurtimiz Ferrara provinsiyasiga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga yetib bordi.

Endi tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik kengaytiriladi. Yil yakuniga qadar 20 nafarga yaqin oliy ma’lumotli hamshirani Milanda ishlashga tayyorlash rejalashtirilgan, ayni paytda 30 nafar shifokor italyan tilini o‘rganmoqda. Lombardiya, Pemont va Sardiniya hududlarida O‘zbekistondan tibbiyot xodimlarini jalb etishga qiziqish katta.

Oliy ma’lumotli hamshiralar Italiyada ishlashga tayyorlash maqsadida tashkil etiladigan o‘quv jarayonlarida ishtirok etish uchun hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.