Janubiy koreyaliklarning öntadan yettitasi nikohni röyxatdan ötkazmasdan birga yaşaş mumkinligiga işonişadi. Bu maʼlumotlar mamlakat Statistika va axborot vazirligi tomonidan ötkazilgan sörovnomada körsatilgan.

Tadqiqot natijalariga köra, respondentlarning 67,8 foizi bu fikrni qöllab-quvvatlaydi. 20-30 yoşdagi yoşlar orasida 80 foizdan ortiği nikohni röyxatdan ötkazmasdan birga yaşaşni maʼqullaydi.

Sönggi yillarda anʼanaviy oila modeliga munosabat sezilarli darajada özgardi. Masalan, 2012-yilda söralganlarning atigi 45,9 foizi nikohsiz birga yaşaşni normal holat deb hisoblagan.

Bundan taşqari, mamlakat aholisining 38,1 foizi nikohsiz farzand körişga qarşi emas. Nikohni majburiy deb hisoblaydiganlar uluşi 55 foizga yetdi.

Respondentlar nikohdan ötmaslikka moliyaviy yetişmovçilikni asosiy sabab sifatida keltirişdi, deb xabar berdi Kazinform.