Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "A. S. D." MChJga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 315,5 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan "A. S." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 3 milliard 35 mln soʻmni tashkil qildi.