Dastlabki turda O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etgan Kolumbiya bu safar Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushdi.
Lotin Amerikasi vakillari uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisobni ochgandi. Biroq VAR tekshiruvdan so‘ng ofsayd qayd etildi va gol bekor qilindi.
Kolumbiya o‘yin davomida ustunlikni to‘liq o‘z qo‘lida ushladi. 76-daqiqada Daniel Munyos aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan keyin ham kolumbiyaliklar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo har ikki gol ham qoida buzarlik sababli hisobga olinmadi.
Shu tariqa, bahs Kolumbiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada jamoa ochkolarini 6 taga yetkazib, muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qildi.