Bu haqda birinchi bo‘lib Narino departamentining tinchlik va inson huquqlari masalalari bo‘yicha kotibi Aleks Gonsales ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.
“Tog‘ jinslari qulab tushishi oqibatida bir necha kishi vayronalar ostida qolgani haqida xabar berildi. Ular konda ishlayotgan bo‘lgan. Hozirgi vaqtda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor”, — dedi u Caracol telekanali efirida.
Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Biroq hududga yetib borish qiyinligi va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar qutqaruvchilarning ishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Caracol telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 12-15 nafarga yetishi mumkin.
Oltin noqonuniy qazib olingan kon Santa-Barbara munitsipalitetida joylashgan.