JSST vakili Meg Doerti Jenevada bölib ötgan matbuot anjumanida tadqiqotning ikkinçi bosqiçini ötkazişga ruxsat ötgan hafta olinganini aytdi. Sinovlar Bunia şahrida 26 yoki 27-noyabr kunlari boşlanişi rejalaştirilgan.

Vaksinalardan biri — ÇAdOx1 preparati Oksford universiteti tomonidan Hindistonning serum instituti (Serum Institute of India) bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Ikkinçi vaksinani Amerikaning Moderna kompaniyasi işlab çiqqan.

Tadqiqotning yangi bosqiçida olimlar dorilarning xavfsizligini va ularning immun javobini qözğatiş qobiliyatini sinab körişadi. Belgilangan talablarga javob beradigan vaksinalar ularning samaradorligini baholaş uçun tadqiqotning uçinçi bosqiçiga yuboriladi, deb xabar berdi Kazinform.

Tumani klinik sinovi 23-oktyabrda boşlandi. JSST maʼlumotlariga köra, unda allaqaçon 140 dan ortiq köngillilar iştirok etmoqda. Kelajakda qöşimça tadqiqot markazlarini oçiş va mobil tibbiy guruhlarni jalb qiliş orqali iştirokçilar sonini bir neça mingga yetkaziş rejalaştirilgan.

JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus kasallik tarqalişi davom etayotgan bir paytda yangi vaksinalarni işlab çiqiş muhimligini taʼkidladi.

Uning sözlariga köra, röyxatdan ötgan infeksiyalar soni 11 300 dan oşdi va ölim soni 5500 dan oşdi. Har hafta 400 dan 500 gaça yangi holatlar aniqlanmoqda.

JSST rahbari şuningdek, tibbiyot xodimlariga qilingan hujumlar va bemorlarni aniqlaşdagi keçikişlar haqida xavotir bildirdi. Uning sözlariga köra, bu holatlar infeksiya tarqalişiga qarşi kuraşni murakkablaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, Kongoda Ebola virusidan 5,5 mingdan ortiq odam vafot etdi.