O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari kun tartibi markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqani qayd etildi.

Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.