24-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududidan o‘tuvchi D006 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 27-kilometrida haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. "Lasetti" rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘l chetidagi daraxtga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.