Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 13-iyuldagi 04-39-2385-sonli xatiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan tadbirlarni hamda maktablardagi “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1-avgustiga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.

Bundan tashqari, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aholiga, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga qatʼiy amal qilishi tavsiya qilingan.