Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, jami maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 29 196 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning soni 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga oshgan.

Faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni boʻyicha Qashqadaryo viloyati yetakchi — 4 458 ta.

Keyingi oʻrinlarda:

  • Samarqand viloyati — 4 443 ta;
  • Fargʻona viloyati — 4 341 ta;
  • Andijon viloyati — 4 308 ta;
  • Namangan viloyati — 4 042 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 3 382 ta;
  • Toshkent viloyati — 2 447 ta;
  • Buxoro viloyati — 2 234 ta;
  • Xorazm viloyati — 2 111 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 788 ta;
  • Jizzax viloyati — 1 709 ta;
  • Navoiy viloyati — 1 481 ta;
  • Toshkent shahri — 1 350 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 1 189 ta.

Shu tariqa, mamlakatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng koʻp qismi Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Andijon viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.