Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan post tubdan qayta qurilib, zamonaviy infratuzilmaga ega majmuaga aylantirilgan. Uni oçiş va foydalanişga topşiriş tadbirlari 25-noyabr kuni soat 16:00 da Özbekiston va Qozoğiston rasmiy delegatsiyalari iştirokida ötkaziladi. Fuqarolarning post orqali ötişi ham tadbirlardan söng şu vaqtdan boşlanadi.

Rekonstruksiya natijasida çegara postining ötkazuvçanlik imkoniyatlari bir neça barobar oşirildi. Xususan, bir sutkada xizmat körsatiş quvvati yölovçilar böyiça 30 ming nafardan 100 ming nafarga, yengil avtomobillar böyiça 600 tadan 3 mingtaga, avtobuslar böyiça esa 70 tadan 400 taga yetkazildi.

Şuningdek, post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi. Nazorat yölaklari soni 4 tadan 18 taga, transport vositalari uçun töxtaş joylari siğimi esa 20 tadan 200 taga oşirildi.

Bugun 23-noyabr kuni "Ğiştköprik" çegara bojxona posti markazida Bojxona qömitasi taşabbusi bilan 45 metr balandlikdagi ustunda ulkan Davlat bayroği örnatildi.

Eslatib ötamiz, «Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 2025-yil 5-fevral kuni rekonstruksiya işlari sababli yopilgan edi.