Qömita maʼlumotiga köra, qayta hisoblaş xalqaro ekspert-demograflar bilan hamkorlikda va ularning uslubiy tavsiyalari asosida amalga oşirilgan.
Hisob-kitoblarda demografik balans usulidan foydalanilgan. Bunda har bir oldingi yil boşidagi aholi sonini aniqlaş uçun keyingi yil boşiga qayta hisoblangan aholi sonidan yil davomida tuğilganlar va köçib kelganlar ayirilgan, vafot etganlar hamda köçib ketganlar esa qöşilgan.
Yaʼni, aholi soni quyidagi formula asosida ortga qarab hisoblangan:
Oldingi yil boşidagi aholi soni = keyingi yil boşidagi aholi soni − tuğilganlar + vafot etganlar − köçib kelganlar + köçib ketganlar.
Masalan, qayta hisob-kitoblarga köra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 39 million 23,6 ming kişini taşkil etgan. 2025-yil davomidagi demografik özgarişlar ortga qaytarilganda, 2025-yil 1-yanvar holatiga aholi soni 38 million 321,6 ming kişi bölgan.
Bunda 702 ming kişilik farqni oddiy arifmetik hisoblaş orqali aniqlaş bilan çeklanilmagan. Hisob-kitoblar aholining har bir jins va yoş guruhi böyiça alohida amalga oşirilgan.
Xususan, vafot etganlar va köçib ketganlar qayta qöşilgan, köçib kelganlar ayirilgan, yil davomida tuğilgan bolalar hisobdan çiqarilgan. Qolgan aholi esa bir yoşga ortga surilgan.
Uşbu jarayon har bir oldingi yil uçun takrorlanib, 2010–2026-yillarni qamrab olgan yagona demografik maʼlumotlar qatori şakllantirilgan. Hisoblaşda hududlar, şahar va qişloq aholisi, jins va yoş tarkibi, şuningdek, maʼmuriy-hududiy özgarişlar ham inobatga olingan.
Yillar kesimida Özbekistonning doimiy aholisi qança bölgan?
Milliy statistika qömitasi eʼlon qilgan qayta hisoblangan maʼlumotlarga köra, aholi soni quyidagiça:
| Yil | Aholi soni (ming kişi) |
|---|---|
| 2026 | 39 023,6 |
| 2025 | 38 321,6 |
| 2024 | 37 559,1 |
| 2023 | 36 766,7 |
| 2022 | 35 981,5 |
| 2021 | 35 258,4 |
| 2020 | 34 585,0 |
| 2019 | 33 928,4 |
| 2018 | 33 327,4 |
| 2017 | 32 788,1 |
| 2016 | 32 228,0 |
| 2015 | 31 654,6 |
| 2014 | 31 110,7 |
| 2013 | 30 596,6 |
| 2012 | 30 139,5 |
| 2011 | 29 689,1 |
| 2010 | 29 215,9 |
Qayd etiş joizki, avvalgi va qayta hisoblangan aholi soni örtasidagi farq barça yillarga bir xil taqsimlanmagan. Har bir yil uçun körsatkiç tuğiliş, ölim va migratsiya jarayonlari asosida alohida qayta tiklangan.
Şu tariqa, aholini röyxatga oliş natijalari mamlakatning demografik körsatkiçlarini aniqlaştiriş, aholi tarkibidagi özgarişlarni tahlil qiliş va kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy rejalaştiriş uçun yangilangan statistik asos yaratdi.