Qaror loyihasiga muvofiq, ikki viloyat örtasidagi umumiy uzunligi 209,15 kilometr bölgan maʼmuriy-hududiy çegara çiziğini tasdiqlaş nazarda tutilgan.
Çegaralarni belgilaşda zamonaviy kartografik materiallar, aerosuratlar hamda davlat koordinatalari tizimiga boğlangan topografik xaritalardan foydalanilgan.
Qayd etilişiça, çegara çiziqlarini belgilaşda yerdan foydalanuvçilarga tegişli yaylov va lalmi yer maydonlarining yaxlitligini saqlaş, şuningdek, ularni tabiiy relyef elementlariga muvofiq ajratiş tamoyillariga amal qilingan.
Mazkur qarorning qabul qilinişi yer va kadastr munosabatlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş, yer uçastkalari va köçmas mulk obyektlarini hisobga olişda aniqlikni taʼminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, hujjat davlat organlari örtasida hududiy vakolatlarni aniq belgilaş va hududiy boşqaruv samaradorligini oşiriş uçun huquqiy asos yaratadi.