Atmosfera havosining ifloslanişi butun dunyoda inson salomatligi uçun asosiy ekologik xavf ekanligi isbotlangan. Bu yurak-qon tomir va öpka kasalliklari, jumladan, yurak işemik kasalligi, insult, astma, surunkali obstruktiv öpka kasalligi va demensiyaning köpayişi bilan boğliq, deb maʼlum qiladi vokrugsveta.ru.

Bundan taşqari, bu muammo köpinça keng kölamli urbanizatsiya, jadal iqtisodiy rivojlaniş, avtomobillar va boşqa transport vositalari sonining köpayişi fonida havo sifati yomonlaşayotgan past va örta daromadli mamlakatlarga köproq taʼsir qiladi.

2021-yilda JSST bir qator ifloslantiruvçi moddalar, jumladan, mayda zarraçalar (PM2.5) va azot dioksidi (NO2) uçun yangi ruxsat etilgan çegaralarni belgiladi.

PM2.5 diametri 2,5 mikron yoki undan kiçik bölgan qattiq zarraçalar bölib, ular şunçalik kiçikki, nafas olganda öpkaga çuqur kirib borişi mumkin. Bunday zarraçalar manbai sifatida transport vositalarining çiqindi gazlari, elektr stansiyalari, sanoat jarayonlari, ötin bilan işlaydigan peç va kaminlar hamda quriliş çanglari xizmat qiladi. Bundan taşqari, ular atmosferada oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi boşqa ifloslantiruvçi moddalar iştirokida murakkab kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil böladi.

Azot dioksidi — qazilma yoqilğilarni yoqişda hosil böladigan asosiy ifloslantiruvçilardan biridir. U avtomobillarning çiqindi gazlarida (ayniqsa dizel dvigatellari bilan), sanoat çiqindilarida mavjud, şuningdek, gaz plitalari va isitgiçlardan foydalanilganda ajralib çiqadi.

Environment International jurnalida maqolasi çop etilgan tadqiqotçilar dunyoning 136 ta past va örta daromadli mamlakatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilişdi. Olimlar havo ifloslanişi, aholi soni va salomatlik holati haqidagi batafsil maʼlumotlarni atrof-muhit ifloslanişi, kasallaniş va ölim örtasidagi boğliqlikka bağişlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan birlaştirdi.

Kompyuter modellaştiriş yordamida tadqiqotçilar, agar baʼzi ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasi JSST tomonidan çeklangan darajaga tuşsa, ölim va yangi kasallaniş holatlari soni qanday özgarişi mumkinligini baholadi.

Natijalar şuni körsatdiki, PM2.5 uçun JSST tomonidan tavsiya etilgan çegara qiymatlariga erişiş yiliga taxminan 9,4 million, azot dioksidi uçun esa yiliga taxminan 1,1 million ölimning oldini olişi yoki keçiktirişi mumkin.

Bundan taşqari, hatto kamroq qatʼiy oraliq maqsadlarga erişiş ham aholi salomatligi uçun sezilarli foyda keltirişi mumkin: PM2.5 taʼsiri bilan boğliq ölimlar soni taxminan 6,6 millionga, azot dioksidi bilan boğliq ölimlar esa 435 mingtaga kamayişi mumkin.

Olimlarning aniqlaşiça, havoni tozalaşning potensial foydalari faqat ölimning oldini oliş bilan çeklanmaydi. Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, PM2.5 ning tavsiya etilgan darajalariga erişiş surunkali obstruktiv öpka kasalligining yangi holatlarini yiliga 2,8 millionga, demensiyani 1,1 millionga, yurak işemik kasalligini 7,3 millionga va insultni 2,3 millionga kamaytirişi mumkin.