Taşrifdan maqsad sohadagi mavjud holatni örganiş va tizimdagi özgarişlarni eng murakkab nuqtalardan boşlaşdan iborat.
Saida Mirziyoyevaning taʼkidlaşiça, bemorlarga munosib şaroit va malakali tibbiy yordam körsatiş bilan birga, ularga samimiy eʼtibor qaratiş ham muhim ahamiyatga ega. Baʼzan bir oğiz dalda insonda işonç va umid uyğotişi mumkin.
«Heç kim yordam söraşdan çöçimasligi, dardi bilan yolğiz qolmasligi kerak», — deb yozdi u.
Qayd etilişiça, sohada kasalliklarning oldini oliş, davolaş va reabilitatsiya jarayonlarini qamrab olgan yaxlit tizimni şakllantiriş maqsad qilingan. Bunda turli soha mutaxassislari bir jamoa bölib işlaşi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda narkologiya sohasini tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqiladi.
Unda inson qadrini uluğlaş, bemorlarga har tomonlama yordam körsatiş va ularning soğlom hayotga qaytişiga kömaklaşiş asosiy eʼtibor markazida böladi.