“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti (21-22-oktabr) doirasida “Inson”, “Imkon” va “Umid” reabilitatsiya markazlariga, Barnaxus modeli asosida tashkil etilgan Najot bolalar markazi hamda hududiy ijtimoiy xizmatlar markaziga jurnalistlar ishtirokida press-tur o‘tkazildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun murojaatlardagi masalalarning 80 foizi bevosita mahalla darajasida hal etilmoqda.
So‘nggi uch yilda esa yordamga muhtoj 600 mingdan ortiq shaxs va oila yangidan aniqlangan. Bu yordam so‘rab kelganlar bilan ishlash bilan birga, ko‘makka ehtiyoji bor insonlarni faol aniqlashga ham e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.
Respublika bo‘ylab 208 ta “Inson” markazi va 9 ming nafar mahalladagi ijtimoiy xodim ushbu jarayonda faoliyat yuritmoqda.
Respublika miqyosida 4 ta “Imkon” va 1 ta “Umid” markazlari mavjud bo‘lib, haftasiga 5 kunlik ish tartibida faoliyat yuritadi.
Markazlar o‘z oshxonasiga ega va tarbiyalanuvchilar kuniga 5 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
Tashkilotlarda bolalarning 10,5 soat va 24 soat davomida bo‘lishiga mo‘ljallangan guruhlar mavjud.
Markazlar quyidagi kasalliklar va rivojlanishxususiyatlari bo‘lgan 2 yoshdan boshlab bolalarni qamraboladi:
Tayanch-harakat tizimi kasalliklari va nuqsonlari: tug‘ma III-IV darajali skolioz, og‘ir tug‘mamaymoqlik, artrogripoz, bolalar serebral falaji vaosteomiyelit asoratlari.
Rivojlanishdagi buzilishlar: aqliy va psixonutqiyrivojlanishdagi buzilishlar.
Eshitishdagi buzilishlar: ikki tomonlama surunkalisensonevral eshitish zaifligi.
Ko‘rish a’zosi kasalliklari va tug‘ma nuqsonlari: tug‘ma katarakta, ko‘rlik (amavroz), mikrokornea, mikroftalm, anoftalm, koloboma, retinopatiya va yuqoridarajali miopiya.
Tug‘ma va irsiy kasalliklar: Daun, Vilyams, Prader–Villi, Nunan, Korneliya de Lange, Shereshevskiy–Terner vaKlaynfelter sindromlari.
Prezidentning 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-375-son qaroriga muvofiq, Samarqand shahrida xalqaro Barnahus modeli asosida “Najot” bolalar markazi tashkil etildi.
Markaz zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlash, ularga psixologik, tibbiy va ijtimoiy yordamni muvofiqlashtirish hamda tergov va sud jarayonlarida takroriy ruhiy jarohatlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Samarqand shahar hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi 7 ta asosiy binodan iborat bo‘lib, ularda quyidagi 11 ta xizmat va faoliyat yo‘nalishi tashkil etilgan:
1. “International Inclusive Hub” — Xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazining Samarqand filiali;
2. Bolalar uchun erta aralashuv xizmati;
3. Kattalar uchun kunduzgi parvarish xizmati;
4. Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati;
5. “Mahorat” oshpazlik studiyasi;
6. Kattalar uchun reabilitatsiya xizmati;
7. Abilitatsiya xizmati;
8. Bolalar uchun reabilitatsiya xizmati;
9. “Yangi imkoniyatlar” klubi;
10. Psixoijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
11. “Simulyatsion o‘quv kompleksi” — Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining Samarqand filiali.
Markaz zamonaviy infratuzilma va zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lib, bir kunda 350–400 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Respublikada bir kunda o‘rtacha 9 ming nafar fuqarodan 20 mingta murojaat qabul qilinmoqda. Masalalarning 80 foizi bevosita mahalla darajasida hal etilmoqda. 2026-yilda 2 million nafardan ortiq fuqarodan 4,2 millionta murojaat kelib tushdi, 3,4 millionta ariza qabul qilindi, 261 mingta keysyuritildi va 502 mingta xizmat ko‘rsatildi.
So‘nggi 3 yil ichida 3,9 million nafar fuqaro ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olindi. Mahalla darajasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 600 mingdan ortiq shaxs va oila yangidan aniqlandi. Jumladan, 86,7 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, 22,3 ming nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola, 21,3 ming nafar parvarishga muhtoj shaxs, 17 ming nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola va 15,9 mingta boquvchisini yo‘qotgan oila aniqlandi. Shuningdek, 73,2 mingta tazyiq holati erta aniqlandi.
Press-tur davomida markaz va muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishish orqali bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud yondashuvlar va amaliy mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot olindi.
Bu jarayon xalqaro sammit arafasida jurnalistlar uchun alohida ahamiyatga ega.
Rashid Xoʻjamov
Yuz.uz muxbiri, Samarqand