Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2026-yil 19-iyul kuni soat taxminan 21:20 da Uychi tumani “Beruniy” MFY, Abu Rayhon Beruniy ko‘chasida joylashgan AGTKSHda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, propan gazida ishlashga moslashtirilgan gaz uskunasiga metan gazi quyilishi oqibatida gaz balloni portlagan. Hodisa natijasida avtomobil texnik shikastlangan, fuqarolarning tan jarohati olishi holati qayd etilmagan.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan talablariga muvofiq, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida transport vositasining gaz ballon uskunasi turiga mos bo‘lgan yoqilg‘i quyilishi, gaz quyishdan avval uskunaning texnik holati va foydalanishga yaroqliligi tekshirilishi hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi shart.