Viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi maʼlumotiga köra, Ekologik politsiya tezkor guruhi xodimlari Pop tumanida nazorat tadbiri ötkazgan.

Tadbir davomida «Yakatut» mahalla fuqarolar yiğini hududidan oqib ötuvçi Sirdaryodan taqiqlangan ov vositalaridan foydalangan holda baliq ovlagan ikki nafar fuqaro aniqlangan. Ulardan biri Mingbuloq tumanida, ikkinçisi Töraqörğon tumanida yaşovçi A.U. va A.A. ekani maʼlum qilindi.

Huquqbuzarlardan baliqlarning 7 turiga mansub jami 31 donasi aniqlangan. Şundan 8 donasi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan «Turkiston möylovdori» (şimaliq) ekani tasdiqlangan.

Qayd etilişiça, hayvonot dunyosiga elektr tokli qarmoqdan foydalanib zarar yetkazgan şaxslarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Töplangan materiallar va aşyoviy dalillar huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuborilmoqda.