“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida DXX va IIV tomonidan Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbirlar ötkazildi.

Namangan şahrida istiqomat qiluvçi, 1975-y.t. şaxs 341 gr “gaşiş” moddasini 6 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaşaş xonadonida ötkazilgan közdan keçiriş jarayonida yana 1 kg 473 gr “gaşiş” borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Namangan tumani hududida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirildi. Natijada avtomaşina haydovçisi – Namangan şahrida yaşovçi, 1992-y.t. şaxs hamda uning 1992 va 1988-yillarda tuğilgan ikki nafar şerigidan jami 400 gr “gaşiş” moddasi olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan uşbu fuqarolarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.