Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida ötkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida Jizlon toğ tizmasida yaşirinça maʼdan qazib olayotgan 1995, 2002 va 2005-yillarda tuğilgan şaxslar qölga olingan.
Keyingi tezkor tadbirlar davomida tumanning toğ tizmalarida şunday faoliyat bilan şuğullangan yana beşta jinoiy guruh aniqlangan. Qayd etilişiça, ularning aʼzolari orasida voyaga yetmaganlar ham bölgan.
Umuman, qölbola uskunalar yordamida oltin mavjud toğ jinslarini noqonuniy qazib oliş bilan şuğullangan 23 nafar şaxs uşlangan. Ulardan elektr qurilmalari va elektromotorlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 196-moddasi tegişli qismlari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Içki işlar organlari şubhali faoliyat yoki şaxslar haqida maʼlumotga ega bölgan fuqarolarni 102 qisqa raqami yoki hududiy içki işlar bölimlariga xabar berişga çaqirdi.