Tadbir Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlandi.

Taqdimotda Iordaniya parlamenti aʼzolari, davlat va jamoat arboblari, siyosatçilar, ekspertlar, yirik biznes vakillari hamda OAV vakillari iştirok etdi. Asarda sönggi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, içki va taşqi siyosatning ustuvor yönalişlari, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda xalqaro maydondagi taşabbuslar keng yoritilgan.

Bugungi kunga qadar asar arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingan. Taqdimot doirasida, şuningdek, Yangi Özbekistonning tarixi, bugungi taraqqiyoti va milliy yuksalişini aks ettiruvçi arab tilidagi 9 ta kitob va kitob-albom ham namoyiş etildi.

Tadbirlar doirasida «Özbekiston: sivilizatsiyalar, şaxsiyatlar, kaşfiyotlar» kitoblar körgazmasi, xalqaro ilmiy konferensiya hamda Prezident taşabbusi bilan barpo etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti ham ötkazildi. Ularda ikki mamlakatdan 1500 nafardan ziyod olim, diniy soha vakillari, tadqiqotçilar va mehmonlar iştirok etdi.

Taqdim etilgan naşrlar Iordaniya kutubxonalariga sovğa qilindi. Ammandagi mazkur tadbirlar Özbekistonning boy tarixiy va ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş, şuningdek, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.