Aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga, 6-noyabr kuni Prezidentimiz sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishi bilan kurashish hamda yangi texnologik xatar va tahdidlarga qarshi turishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.