Madaniy meros agentligi ushbu holatni oʻrganib, tadbir belgilangan tartibda kelishilmagan holda tashkil etilganini maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, 3 oktabr kuni Xudoyorxon oʻrdasi hududida «A.klub» nomi ostida bir guruh ayollar ishtirokida «Chopon pati» tadbiri oʻtkazilgan.
Mazkur tadbir «Qoʻqon» davlat muzey-qoʻriqxona rahbariyati tomonidan Madaniy meros agentligi bilan belgilangan tartibda kelishilmagan.
Amaldagi talablariga koʻra, davlat muzeylari va muzey-qoʻriqxonalariда rejalashtirilayotgan madaniy-maʼrifiy, ommaviy va boshqa tadbirlar Agentlik bilan belgilangan tartibda kelishilishi lozim.
Shuningdek, muzey-qoʻriqxona hududi madaniy meros obyekti sifatida alohida muhofaza qilinadi. Bu yerda tadbirlar oʻtkazishda obyektning tarixiy qiyofasini asrash va muhofaza qilish talablariga qatʼiy rioya etilishi shart.
Holat yuzasidan «Qoʻqon» davlat muzey-qoʻriqxona direktori M. Mavlonqulovga xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan «hayfsan» intizomiy jazosi qoʻllanildi.
Madaniy meros agentligi kelgusida madaniy meros obyektlari va muzey-qoʻrixonalar hududida tadbirlarni belgilangan tartib va talablariga muvofiq tashkil etish ustidan nazorat choralari kuchaytirilishini maʼlum qildi.