Kombinat faoliyati navbatdagi

ISO 37301:2021 “Komplayens-menejment tizimi” xalqaro standarti samarali va keng tarqalgan boshqaruv tizimi bo‘lib, tashkilotga tegishli qonun, qoidalar, standartlar, shuningdek, boshqaruv standartlari, ilg‘or amaliyotlar, axloqiy standartlar va jamoatchilik kutilmalariga rioya qilishini tasdiqlovchi xalqaro standarti hisoblanadi.

Kombinatda ISO 37301:2021 xalqaro standartining joriy etilishi xodimlarning halolligini oshirish, huquqbuzarliklarni kamaytirish, kompaniyaning xalqaro nufuzi, imijini yuksaltirish hamda faoliyatining shaffof va samarali tizimini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.

Ushbu standartni joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining metodologik jihatdan ko‘rsatgan yordamini alohida eʼtirof etish lozim. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva videokonferens aloqa orqali ishtirok etib, kombinat jamoasini ushbu yutuq bilan tabrikladi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
“NKMK” AJ Komplayens xizmati
Reklama