Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Ertaga, 15-oktabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.