Turkman uzunquloq ko‘rshapalagi (Plecotus turkmenicus) Markaziy Osiyoda tarqalgan juda kamyob va kam o‘rganilgan tur hisoblanadi.
Ilgari bu tur haqida 1970 yilgacha bo‘lgan maʼlumotlar va muzey eksponatlari orqali maʼlumot olish mumkin bo‘lgan. Keyingi 55 yil davomida esa u tabiatda deyarli uchratilmagan.
Tadqiqot Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) tomonidan amalga oshirilayotgan «Tabiatni muhofaza qilishda yagona salomatlik» (One Health in Nature Conservation) loyihasi doirasida tashkil etilgan ekspeditsiya davomida o‘tkazilgan.
Loyiha Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) tomonidan moliyalashtiriladi.