Himoya universitet huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.03.01 raqamli Ilmiy kengashda tashkil etildi.

Dissertant Musayev Shahobiddin Sharafiddinovich 10.00.09 — Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha «Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosida ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy prinsiplari» mavzusidagi ilmiy ishini taqdim etdi.

Tadqiqotda davlat tili siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni, jurnalistlarning kasbiy masʼuliyati va tilga oid mavzularni yoritish tamoyillari tahlil qilingan.

Shuningdek, davlat tilining jamiyatdagi nufuzini oshirish, milliy birlikni mustahkamlash hamda ommaviy axborot vositalarida til siyosatini yoritish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Eslatib oʻtamiz, 1989-yil 21-oktyabrda «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Davlat tili haftaligi doirasida mazkur qonun ijrosi va jurnalistlarning til madaniyatiga masʼuliyatiga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot himoyasining oʻtkazilishi alohida ahamiyat kasb etadi.