Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35-yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpogʻiston ahli bilan yuzma-yuz koʻrishib turganidan mamnunligini bildirdi.
Soʻnggi yillarda hudud uchun katta mablagʻ, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
Oʻtgan yili Qoraqalpogʻistonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra koʻp.
Bu yil Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz oʻsib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.