Ma’lum qilinishicha, soat 14:48 da bino hovlisidagi elektr qutisi yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:52 da yetib borgan va yong‘in 14:57 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in natijasida elektr qutisi hamda uning atrofidagi konditsionerlar zararlangan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.