Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning hayoti, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

– Yana bir bor vatandoshlarimni koʻrib turganimdan xursandman. Qayerda boʻlmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda oʻtkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olishga, oʻrganishga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Oʻzbekistonimiz kelajagiga qoʻshadigan hissangiz boʻladi, – dedi Prezidentimiz.

Muloqotda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor mamlakatimizning uzoq istiqboli bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga to‘xtalib, vatandoshlarimiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ko‘makdosh bo‘lishiga ishonch bildirdi.

– Men vatandoshlarimizni doimo sog‘inib, eslab yuraman. Sizlarning yaxshi yashashingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘sha olishingiz uchun O‘zbekistonda barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Ilm olish, bilim egallash, uy-joyli bo‘lish uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev va vatandoshlarimizga muvaffaqiyatlar tiladi.