Bu haqida «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra:

  • 56-sonli «Toshkent Janubiy — Xiva» poezdi 11, 12, 14 va 15 avgust kunlari Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida harakatlanadi.
  • 55-sonli «Xiva — Toshkent Janubiy» poezdi 12, 13, 15 va 16 avgust kunlari Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida qatnaydi.
  • 125-sonli «Andijon-1 — Xiva» poezdi 10, 11, 14 va 15 avgust kunlari Andijon-1 — Urganch yo‘nalishida harakatlanadi.
  • 126-sonli «Xiva — Andijon-1» poezdi 11, 12, 15 va 16 avgust kunlari Urganch — Andijon-1 yo‘nalishida qatnaydi.
  • 76-sonli «Toshkent Janubiy — Xiva» poezdi 10 avgust kuni Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida harakatlanadi.
  • 75-sonli «Xiva — Toshkent Janubiy» poezdi 11 avgust kuni Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida qatnaydi.

Qayd etilishicha, mazkur kunlarda «Urganch — Xiva — Urganch» yo‘nalishi uchun xarid qilingan chiptalarning puli yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib beriladi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish so‘ralgan. Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.