Oʻzbekistonlik shaxmatchilar oʻtgan turda Germaniyadan uchralgan magʻlubiyatdan keyin muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Bahsda dastlab 4-doskada oʻynagan Muhiddin Madaminov Levon Aroyan bilan durang oʻynadi.
Keyin Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuanani magʻlub etdi.
Biroq Javohir Sindarov Uesli So bilan bahsda imkoniyatni boy berdi va hisob 1,5:1,5 koʻrinishiga keldi.
Hal qiluvchi bahsda Nodirbek Yoqubboyev Hans Nimannga qarshi oʻta murakkab partiyada gʻalaba qozonib, Oʻzbekistonga muhim ochkoni olib berdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda.
Oʻzbekiston-2 jamoasi ham 9-turni muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
13 ochko bilan turnir jadvalida 4-oʻrinda turgan Niderlandiyaga qarshi bahsda Oʻzbekiston-2 3,5:0,5 hisobida gʻalaba qozondi.
Muhammadzohid Suyarov Loek van Velini, Jahongir Vohidov Anish Girini, Ortiq Nigʻmatov Ervin L'Aminini magʻlub etdi. Abdumalik Abdusalimov esa Jorden van Forest bilan durang oʻynadi.
Bu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston-2 umumiy reytingda beshinchi oʻringa koʻtarildi.
Oʻzbekiston-3 jamoasi ham 9-turda Qirgʻizistonni 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.