Andijon tumanida yashovchi Dildoraxon Ahmedova 20 avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan tibbiyot muassasasiga qabul qilingan. Ayolda muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.

Tug‘ruq jarayoni akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Cha qaloqlarning uch nafari qiz, biri o‘g‘il:

  • birinchi cha qaloq — qiz, vazni 1840 gramm;
  • ikkinchi cha qaloq — o‘g‘il, vazni 1534 gramm;
  • uchinchi cha qaloq — qiz, vazni 1584 gramm;
  • to‘rtinchi cha qaloq — qiz, vazni 1756 gramm.

Ayni paytda ona va to‘rt nafar cha qaloq tibbiyot xodimlari nazorati ostida.

Qayd etilishicha, Andijonda shu yil iyun oyida ham to‘rt nafar, iyul oyida esa besh nafar egizak dunyoga kelgan edi.