Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur chegirmadan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — nuroniy nafaqaxoʻrlar foydalanishlari mumkin.
Chegirma har yili ikki davrda amal qiladi:
- 2–8-oktabr — «Keksalar haftaligi»;
- 1–30-noyabr — «Keksalar uchun turizm oyligi».
Imtiyoz («Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdi bundan mustasno) barcha ichki yoʻnalishlardagi poyezdlarga tatbiq etiladi.
Chegirmali chiptalarni onlayn tarzda yoki temir yoʻl chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.