Muloqot chogʻida Aleksandr Stubbning oʻtgan yili Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro savdo hajmini oshirish, metallurgiya, energetika va geologiya sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish hamda ekologiya va suv resurslari sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
2027-yil boshida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.