Bu Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi «Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–243-son Farmonida belgilangan.

Hujjatga köra, mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va turizm salohiyatini oşiriş, yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi maʼmuriy tösiqlar hamda byurokratik ğovlarni bartaraf etişdan iborat.

Farmon bilan hujjat ilovasida belgilangan hududlarda şaharsozlik sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun «tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Şuningdek, qonunçilik hujjatlarida Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasiga berilgan vakolatlar, huquqlar va imtiyozlar boşqa maxsus hududlarni taşkil etişga masʼul direksiyalarga ham tatbiq etiladi.

Jumladan, uşbu direksiyalarga hududlarni rivojlantirişni rejalaştirişga oid hujjatlarga qöyiladigan talablarni mustaqil belgilaş va tasdiqlaş, yer uçastkalari sotilayotganda ularda quriladigan obyektlarga nisbatan asosiy talablarni mustaqil belgilaş vakolati beriladi.

Bundan taşqari, maxsus hududlardagi yer uçastkalarini realizatsiya qilişda har bir loyiha uçun alohida texnik şartlar belgilaş imkoniyati yaratiladi.

Mazkur çora-tadbirlar yirik şaharsozlik va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş jarayonini soddalaştiriş, sarmoya jalb qiliş hamda hududlarning iqtisodiy va turistik salohiyatini oşirişga qaratilgan.