Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Qonunga muvofiq, 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha jinoyiy javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.
Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, ular ta’lim muassasasi xodimi yoki bolaning yaqin qarindoshi bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun belgilangan jazo yengillashtirilmaydi.
«Bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘ligi va or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday shaxs qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.