Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida Qorasuv-6 dahasida joylashgan kompyuterxona yertoʻlasida maymun saqlanayotgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrildi. Maymunning xavfsizligi va keyingi parvarishini taʼminlash maqsadida u belgilangan tartibda Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.
Mutaxassislar yovvoyi hayvonlarni tegishli sharoit va mutaxassislar nazoratisiz saqlash ularning sogʻligʻi va hayoti uchun xavf tugʻdirishi, shuningdek, aholi xavfsizligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.