Bu haqida «Oʻzbekneftgaz» AJ xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi mazkur maydonda 1-sonli izlov qudugʻi 4860 metr chuqurlikkacha burgʻilandi.
3 oktabr kuni quduqning quyi yura qatlamlarida, 3273–3213 metr chuqurlik oraligʻida sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz va kondensat oqimi olindi.
Rejaga koʻra, yil yakuniga qadar 2-sonli izlov qudugʻini burgʻilashni yakunlash, shuningdek, 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarida ishlarni boshlash rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur natija Ustyurt hududida chuqur qatlamlarni oʻrganish boʻyicha yangi istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash imkonini beradi.