Maʼlum qilinishicha, dastur doirasida har yili 100 nafar mutaxassisni ishga qabul qilish rejalashtirilgan.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
- shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari (magistratura, ordinatura diplomi yoki shu yoʻnalish boʻyicha sertifikatga ega nomzodlar);
- oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi bitiruvchilari (bakalavr diplomi).
Nomzodlar uchun ish tajribasi majburiy emas, ammo tajribaga ega boʻlganlarga ustunlik beriladi.
Dastur ishtirokchilari Italiyaniнг Peruja universiteti hamkorligida tashkil etilgan italyan tili kursini 7 oy davomida onlayn tarzda oʻqiydi. Oʻqish xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi va kurs davomida oyiga 600 yevro miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Til kursini muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar Italiyaniнг Sardiniya hududida ish boshlaydi. Asosiy oylik maosh 3 500 yevrogacha boʻlib, qoʻshimcha ish soatlari hamda tungi navbatchilik uchun toʻlanadigan ustamalar hisobiga oylik daromad 4 000–5 000 yevrogacha yetishi mumkin.
Ish vaqti haftasiga 38 soatni tashkil etadi. Xodimlarni turar joy bilan taʼminlash, tushlik va tibbiy sugʻurta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Nomzodlar uchun yosh chegarasi 50 yoshgacha etib belgilangan boʻlib, 40 yoshgacha boʻlganlarga ustuvorlik beriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlish talab etiladi.