Ohangaron texnoparkida mikroprotsessor modullari işlab çiqarilmoqda, koreyalik hamkorlar bilan Toşkent şahrida robotlar işlab çiqariş loyihasi boşlangan.
Bunday korxonalarni köpaytiriş orqali iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy uskunalar, sanoat robotlari va elektronika mahsulotlari bilan taʼminlaydigan yaxlit ekotizimni şakllantiriş maqsad qilingan.
Şu bois, Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi. Markaz korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo hamda butlovçi qismlar import bojidan ozod etiladi. Uşbu yönalişdagi ilmiy işlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.