Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida ishtirokchilar Italiya ning Perugia University hamkorligida tashkil etilgan italyan tili kurslarida 7 oy davomida onlayn ta’lim oladi.

Qayd etilishicha, o‘quv jarayonlari ishtirokchilar uchun qulay vaqt va formatda tashkil etiladi. Ta’lim xarajatlari esa Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi va oyiga 550 yevro miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Italiya ning Milan shahrida oyiga 1800 yevro maoshli ish bilan ta’minlanishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, mazkur dastur allaqachon amalga oshirilmoqda va ilk ishtirokchilar Italiya tibbiyoti standartlari bo‘yicha bilim olishga muvaffaq bo‘lgan.